Maxfiylik siyosati
UZARO qanday ma’lumotlardan foydalanadi, ular qayerda saqlanadi va ularni qanday boshqarishingiz mumkin.
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 4-noyabr
Kimga taalluqli
Ushbu siyosat UZARO ilovasi, uzaromessenger.uz sayti va UZARO serverlariga taalluqli.
UZARO Telegram tarmog‘ida ishlaydi: ilova Telegram’ning ochiq API’si (TDLib) orqali ulanadi. UZARO Telegram’ning rasmiy ilovasi emas.
Qisqacha
- Xabarlar, qo‘ng‘iroqlar va fayllaringizni UZARO ko‘rmaydi va saqlamaydi: ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram serverlariga boradi.
- UZARO serveri faqat biznes bo‘limi (do‘konlar, e’lonlar) va umumiy statistika uchun kerakli ma’lumotlarni saqlaydi.
- Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida hech kimga bermaymiz.
- Ilovada reklama trekerlari va reklama analitikasi yo‘q.
Telegram orqali o‘tadigan ma’lumotlar
Telefon raqamingiz, xabarlar, kontaktlar, rasm, video, fayllar, hikoyalar va qo‘ng‘iroqlar Telegram serverlariga yuboriladi va Telegram maxfiylik siyosati asosida qayta ishlanadi.
Xabarlarni tarjima qilish va ovozli xabarni matnga aylantirish ham Telegram xizmatlari orqali bajariladi.
Botlar, kanallar va mini-ilovalar, jumladan AI markazidagi botlar, ularning egalariga tegishli. Ularga yozgan narsangiz o‘sha egalarning qoidalari bo‘yicha qayta ishlanadi.
Telefoningizda saqlanadigan ma’lumotlar
- Chatlar keshi va Telegram sessiyasi shifrlangan bazada turadi. Uning kaliti Android Keystore yoki iOS Keychain’da saqlanadi.
- O‘chirilgan va tahrirlangan xabarlar arxivi hamda kontaktlar o‘zgarishlari tarixi faqat telefoningizdagi ilova xotirasida saqlanadi va hech qayerga yuborilmaydi.
- PIN-kodning o‘zi saqlanmaydi: xavfsiz xotirada faqat uning tuzli PBKDF2 xeshi turadi.
- Ilovani o‘chirsangiz, telefondagi bu ma’lumotlar ham o‘chadi. Ilova ma’lumotlari Android zaxira nusxasiga qo‘shilmaydi.
UZARO serveri saqlaydigan ma’lumotlar
Server Telegram hisobingizni bilmaydi. U quyidagilarni saqlaydi:
- Anonim mijoz identifikatori va qurilma turi (Android yoki iOS). Telegram ID ishlatilmaydi.
- Foydalanish statistikasi: ilova, To‘plam yoki Kino bo‘limi ochilgan kun, kuniga bitta yozuv. Undan faqat foydalanuvchilarning umumiy soni hisoblanadi.
- Siz yaratgan do‘kon, mahsulot va e’lonlarning matni, rasmi va videosi. Ular boshqa foydalanuvchilarga ochiq ko‘rsatiladi.
- To‘lov chekining rasmi, agar uni yuklasangiz. Uni faqat to‘lovni tekshiradigan administratorlar ko‘radi.
- Ism, username va telefon raqami — faqat ilovada ularni ulashishga rozilik berganingizdan keyin.
- Ilova ichida xarid yoqilganda, Google Play yoki App Store’dan kelgan xarid tasdig‘i. Karta ma’lumotlari bizga kelmaydi.
- Texnik jurnallar: IP manzil, so‘rov vaqti va manzili. Joylashuv koordinatalari va kirish tokenlari jurnalga yozilmaydi.
Joylashuv
Joylashuv faqat siz uni chatda yuborganingizda (Telegram orqali) yoki To‘plam bo‘limida yaqin joylarni saralaganingizda ishlatiladi. Ikkinchi holatda koordinatalar masofani hisoblash uchun serverga yuboriladi va saqlanmaydi. Ilova joylashuvingizni fonda kuzatmaydi.
Qurilma ruxsatlari
- Kontaktlar — ruxsat bersangiz, Telegram’dagi tanishlaringizni topish uchun Telegram’ga yuboriladi.
- Kamera va mikrofon — rasm, video, ovozli xabar va qo‘ng‘iroqlar uchun, faqat siz ishlatganda.
- Joylashuv — yuqorida yozilgan ikki holatda.
- Rasm va fayllar — faqat siz tanlagan fayllarni yuborish uchun.
- Bildirishnomalar — yangi xabarlar haqida xabar berish uchun.
Har bir ruxsatni istalgan payt telefon sozlamalarida o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Bildirishnomalar
Android’da bildirishnomalar Google Firebase Cloud Messaging orqali keladi. Buning uchun telefoningizning bildirishnoma tokeni Telegram’ga beriladi, bildirishnoma esa Google serverlari orqali o‘tadi.
Nosozlik hisobotlari
Ilova versiyasida nosozlik hisoboti (Sentry) yoqilgan bo‘lsa, ilova ishdan chiqqanda xato izi va qurilma turi yuboriladi. Ism, telefon, xabar matni va skrinshot yuborilmaydi. Hozirgi versiyalarda bu funksiya o‘chiq.
Ma’lumotlardan nima uchun foydalanamiz
- Do‘kon, mahsulot va e’lonlarni xaridorlarga ko‘rsatish uchun.
- Reklama va qo‘shimcha do‘kon uchun to‘lovni tekshirish uchun.
- Firibgarlik, spam va hujumlarni aniqlab, to‘xtatish uchun.
- Ilova qancha ishlatilishini umumiy sonlarda ko‘rib, xizmatni yaxshilash uchun.
- Qonun talablarini bajarish uchun.
Ma’lumotlar qayerda saqlanadi
UZARO serverlari Contabo GmbH’ning Fransiyadagi ma’lumotlar markazida joylashgan. Telegram orqali o‘tadigan ma’lumotlar Telegram serverlarida saqlanadi.
Xavfsizlik
Sayt va ilovaning server bilan aloqasi HTTPS (TLS 1.2 va yuqori) orqali shifrlanadi.
Administratorlar faqat o‘z vazifasiga kerakli ma’lumotni ko‘radi va ularning har bir amali jurnalga yoziladi. Parollar faqat xesh ko‘rinishida saqlanadi.
Hech bir tizim mutlaq xavfsiz emas. Zaiflik topsangiz, pastdagi manzilga yozing.
Qancha vaqt saqlanadi
- Do‘kon, mahsulot, e’lon va profil ma’lumotlari siz ularni o‘chirmaguningizcha yoki o‘chirishni so‘ramaguningizcha saqlanadi.
- To‘lov cheklari to‘lovni tekshirish va hisob-kitob uchun kerakli muddat saqlanadi.
- Texnik jurnallar cheklangan hajmda saqlanadi, eskilari avtomatik o‘chiriladi.
Sizning huquqlaringiz
- Siz haqingizda qanday ma’lumot saqlanayotganini bilish.
- Noto‘g‘ri ma’lumotni tuzattirish.
- Ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rash.
- Profilni ulashishga bergan roziligingizni istalgan payt qaytarib olish.
- Shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga shikoyat qilish.
Ma’lumotlarni o‘chirish
Do‘kon, mahsulot va e’lonlarni ilovaning o‘zida o‘chirishingiz mumkin.
Serverdagi barcha ma’lumotlaringizni o‘chirish uchun pastdagi manzilga «Ma’lumotlarni o‘chirish» mavzusida yozing. So‘rov 30 kun ichida bajariladi.
Telefondagi ma’lumotlar ilovani o‘chirganda o‘chadi. Telegram hisobini Telegram sozlamalaridan yoki my.telegram.org/delete sahifasida o‘chirish mumkin.
Bolalar
UZARO 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo‘ljallanmagan va ular haqida ataylab ma’lumot yig‘maydi.
O‘zgarishlar
Siyosat o‘zgarsa, shu sahifa va yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim o‘zgarishlar kuchga kirishidan oldin shu yerda e’lon qilinadi.
Bog‘lanish
Maxfiylik, ma’lumotlarni o‘chirish yoki xavfsizlik bo‘yicha savollar uchun: