Qo‘llanma

UZARO’ni o‘rnatish va asosiy imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha qisqa yo‘riqnoma.

O‘rnatish

Eng qulay yo‘li — Google Play’dan «UZARO Messenjer» ilovasini o‘rnatish. Telefoningizda Google Play bo‘lmasa, APK orqali o‘rnating:

Google Play’dan yuklab olishAvtomatik yangilanadi

  1. Shu saytdagi «Android uchun yuklab olish» tugmasini bosing.
  2. Yuklangan UZARO.apk faylni oching.
  3. Telefon «noma’lum manbalardan o‘rnatish»ga ruxsat so‘rasa, brauzeringizga shu ruxsatni bering.
  4. O‘rnatish tugagach, UZARO’ni oching.

Faylni faqat uzaromessenger.uz saytidan oling. Boshqa kanal va saytlarda tarqatilgan nusxalar o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin.

Windows’ga o‘rnatish

  1. «Windows» tugmasini bosib, UZARO-Setup faylini yuklab oling.
  2. Faylni ishga tushiring. Administrator huquqi kerak emas: ilova faqat sizning foydalanuvchingizga o‘rnatiladi.
  3. Windows «Kompyuteringiz himoyalandi» oynasini ko‘rsatsa, «Batafsil» va «Baribir ishga tushirish» ni bosing. Bu oyna ilova hali raqamli imzo bilan imzolanmagani uchun chiqadi.
  4. UZARO’ni oching va telefon raqamingiz yoki telefondagi Telegram orqali QR-kod bilan kiring.
Faylni tekshirish (ixtiyoriy)

Fayl haqiqiyligini tekshirish uchun PowerShell’da Get-FileHash buyrug‘ini ishga tushiring. Natija quyidagi SHA-256 bilan bir xil bo‘lishi kerak:1baa60fee000c5034aba5326ef513a6d3647522ae92e2950c360845efd3b666d

UZARO-Setup-1.1.5.exe30.9 MB

Kirish

  1. Telefon raqamingizni xalqaro formatda kiriting: +998 …
  2. Telegram ilovangizga yoki SMS orqali kelgan kodni yozing.
  3. Ikki bosqichli parol o‘rnatilgan bo‘lsa, uni ham kiriting.
  4. Keyinroq yana 11 ta raqam qo‘shib, ular orasida bir bosishda almashishingiz mumkin.

Sharpa rejimi

  • Yon menyuni oching va «Ghost rejim» tugmasini yoqing.
  • Yoqilganda «o‘qildi», «yozmoqda…» va onlayn holat suhbatdoshlarga yuborilmaydi.
  • Rejim o‘chirilmaguncha barcha chatlarda ishlaydi.

O‘chirilgan xabarlar

  • Suhbatdosh o‘chirgan yoki tahrirlagan xabarlarning asl nusxasi arxivga tushadi.
  • Arxiv faqat shu telefonda saqlanadi va hech qayerga yuborilmaydi.
  • Ilova xabarni o‘chirilishidan oldin qabul qilib ulgurgan bo‘lsagina u arxivda qoladi.

PIN-qulf

  • Sozlamalarda PIN-qulfni yoqing va 6 xonali kod tanlang.
  • Avtomatik qulflash vaqtini belgilang: har safar yoki bir necha daqiqadan keyin.
  • Kod 5 marta noto‘g‘ri kiritilsa, keyingi urinishgacha kutish vaqti oshib boradi.

Kodni unutsangiz, ilovani qayta o‘rnatib Telegram raqamingiz bilan kiring. Chatlar Telegram’da saqlangan, lekin telefondagi o‘chirilgan xabarlar arxivi yo‘qoladi.

Do‘kon ochish

  1. To‘plam → Biznes profil → «Do‘kon ochish» ni bosing.
  2. Do‘kon nomi, tavsifi, hududi va aloqa uchun telefon yoki Telegram username’ni kiriting.
  3. «Saqlash va tekshiruvga yuborish» ni bosing. Administrator tasdiqlagach, do‘kon hududingizdagi xaridorlarga ko‘rinadi.
  4. Mahsulot qo‘shing: nomi, narxi, rasmi va «Sotuvda» belgisi.

Dastlabki 2 ta do‘kon bepul. Har bir o‘zgarishdan keyin do‘kon qayta tekshiriladi.

Reklama joylash

  1. Biznes profil → «O‘z reklamangizni qo‘ying» ni bosing.
  2. Sarlavha, qisqa matn va rasm yoki video havolasini kiriting.
  3. Hududlar va muddatni tanlang, jami narx darhol hisoblanadi.
  4. Ko‘rsatilgan kartaga pul o‘tkazing va to‘lov chekining rasmini yuklang.
  5. Administrator chekni tasdiqlagach, reklama banerda ko‘rina boshlaydi.